Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qamchiqda lak-bo‘yoq ortilgan yuk mashinasi ishtirokidagi YTHda 6 kishi jarohatlandi
Qamchiq dovonida lak-bo‘yoq ortilgan yuk mashinasi yonib ketdi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi holat bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, bugun, 6 aprel kuni soat 11:10 da Toshkent – O‘sh xalqaro avtomobil yo‘lining Qamchiq dovoniga o‘tuvchi 259-kilometrida yuk mashinasi va uchta yengil avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘lgan.
To‘qnashuv natijasida lak-bo‘yoq mahsulotlarini olib ketayotgan yuk mashinasi yonib ketgan.
Favqulodda vaziyatlar vazirligining yong‘in-qutqaruv guruhlari zudlik bilan voqea joyiga yetib borib, 25 daqiqa ichida yong‘inni o‘chirgan. O‘chirish vaqtida dovonning bir tomoni vaqtincha yopilgan. Soat 12:30 da transport harakati tiklangan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, YTH oqibatida 6 kishi jabrlangan.
YTH oqibatida ma’lum muddat Qamchiq dovonida ulkan tirbandlik yuzaga kelgan.

Mavzuga oid
01:49 / 27.05.2025
Namanganda daraxtga urilgan Nexia-3 yonib ketdi. Haydovchi halok bo‘ldi
20:21 / 24.05.2025
«So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbirlarida avtomobil boshqargan o‘quvchilar aniqlandi
18:45 / 22.05.2025
Qamchiq dovonida Cobalt xandaqqa tushib ketdi
10:27 / 22.05.2025