Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Ozarboyjon harbiy hamkorlik to‘g‘risidagi bitimlarni ratifikatsiya qiladi
Senat 39-yalpi majlisida “O‘zbekiston hukumati bilan Ozarboyjon hukumati o‘rtasida harbiy sohada hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni (Toshkent, 2022 yil 21 iyun) ratifikatsiya qilish haqida”gi hamda “O‘zbekiston hukumati bilan Ozarboyjon hukumati o‘rtasida harbiy-texnikaviy hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni (Toshkent, 2022 yil 21 iyun) ratifikatsiya qilish haqida”gi qonunlar ko‘rib chiqildi.
Majlisda ushbu bitimlar Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyevning O‘zbekistonga davlat tashrifi doirasida imzolangan va harbiy, harbiy-texnikaviy, harbiy-ta’lim sohasida, shuningdek, tomonlar manfaatlari kesishadigan boshqa sohalarda ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga qaratilganligi qayd etildi.

Senatorlarning fikricha, bitimlarning qabul qilinishi ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishga yangicha turtki beradi va mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.
Qonunlar senatorlar tomonidan ma’qullandi.

Mavzuga oid
15:49 / 24.05.2025
O‘zbekiston Shusha deklaratsiyasiga qo‘shilgani haqidagi xabarlar rad etildi
16:28 / 23.05.2025
Eron 2023 yilda Ozarboyjon elchixonasiga hujum qilgan erkakni qatl qildi
21:12 / 07.05.2025
Ilhom Aliyev 9 may kuni Moskvadagi paradga borishdan bosh tortdi
21:04 / 02.05.2025