Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ohangaron tumanida g‘isht zavodini auksiondan arzon narxda olib berishni va’da qilganlar ushlandi
Ohangaron tumanida 8 gektarli g‘isht zavodini auksiondan arzon narxlarda olib berishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent viloyat boshqarmasi tomonidan IIV korrupsiyaga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda, muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan N.P va S.N. Ohangaron tumanida 8 gektar yer maydonida joylashgan g‘isht ishlab chiqarish zavodini fuqaro F.Sh.ga tanishlari yordamida 200 000 AQSh dollari evaziga auksion orqali arzon narxlarda yutib olib berishni va’da qilib, oldindan 20 000 AQSh dollarini olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
15:23 / 19.03.2025
AQShda humanoid robotlar o‘ziga o‘xshash mashinalarni yaratadigan zavod ochilmoqda
19:33 / 04.03.2025
Ohangaron shahar hokimi o‘rinbosari ishdan olindi. U qamoqdagi mahkumning uyini o‘zlashtirib olgani ma’lum bo‘lgandi
14:59 / 03.03.2025
Ufada neftni qayta ishlash zavodi yonib ketdi
09:33 / 24.02.2025