Sport | 19:54 / 08.04.2023
30441
1 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘istonda jahon shaxmat toji uchun bahs boshlandi 

Ostona shahri Nepomnyashchiy – Lijen qarama-qarshiligiga mezbonlik qiladi.  

Foto: RIA Novosti

Qozog‘iston poytaxtida rossiyalik Yan Nepomnyashchiy va xitoylik Din Lijen o‘rtasidagi jahon chempioni unvoni uchun bahs boshlandi. 

Sovrin jamg‘armasi 2 million yevro bo‘lib, uning 60 foizi g‘olibga, 40 foizi esa mag‘lubga beriladi. 

O‘tgan yilning iyul oyida Nepomnyashchiy nomzodlar turnirida g‘olib chiqib, jahon toji uchun bahsda kurashish huquqini qo‘lga kiritgan edi. Uning raqibi amaldagi chempion norvegiyalik Magnus Karlsen bo‘lishi kerak edi, ammo u navbatdagi chempionlik himoyasida qatnashmaslikka qaror qildi. Natijada, uning o‘rnini nomzodlar turnirida ikkinchi bo‘lgan Lijen egalladi.  

Turnir 30 aprelga qadar davom etadi.  

Mavzuga oid