Qamchiqda harakatlanayotgan yuk mashinasi ag‘darilib ketdi

Foto: FVV matbuot xizmati
Qamchiq dovonida 8 aprel kuni Mercedes-Benz rusumli yuk mashinasi ag‘darilib ketdi. Bu haqda FVV axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, soat 19:50 da Toshkent—vodiy yo‘nalishida harakatlangan yuk mashinasi haydovchisi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Voqea joyiga zudlik bilan Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari yetib borib, maxsus texnikalar yordamida hodisa oqibatlarini bartaraf etish ishlari amalga oshirilgan.
«Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q. Dovon yo‘lida ikkala tomonlama harakat davom etmoqda», — deyilgan vazirlik axborot xizmati xabarida.
Mavzuga oid

01:49 / 27.05.2025
Namanganda daraxtga urilgan Nexia-3 yonib ketdi. Haydovchi halok bo‘ldi

20:21 / 24.05.2025
«So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbirlarida avtomobil boshqargan o‘quvchilar aniqlandi

10:27 / 22.05.2025
Toshkentda YTHning oldini olish uchun 2 mlrd so‘m ajratiladi

18:17 / 19.05.2025