Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avdiyivkadan bolalar majburiy evakuatsiya qilinadi
Ukraina rasmiylari Avdiyivkadan bolalarni majburan evakuatsiya qilmoqchi.
10 apreldan boshlab shaharda qolgan bolalar Donetsk viloyatidagi Avdiyivkadan majburan olib chiqiladi, dedi shahar harbiy ma’muriyati rahbari Vitaliy Barabash.
Ukraina Milliy politsiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, Avdiyivkada to‘rt nafar bola qolmoqda, ikki nafari allaqachon qidirib topilgan va oilani evakuatsiya qilishga ko‘ndirishmoqda.
Avvalroq Rossiya kuchlari Ukrainaning Zaporijjya va Xerson viloyatlari bosib olingan hududlarida qolgan, ammo «pasportlashtirishdan» o‘tmagan ukrainaliklarga nisbatan bosimni kuchaytirdi, deya xabar bergandi Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi 7 aprel kuni.
Okkupatsion rasmiylar Rossiya pasportini olmagan Ukraina fuqarolarining harakatini cheklayapti, ularning shaxsiy ma’lumotlarini yozib olyapti, yashash joyida tintuv o‘tkazyapti, deyiladi xabarda.
Shuningdek, ukrainaliklar kirish va chiqishni taqiqlash, Rossiya pasportini olishdan bosh tortgan taqdirda uyidan haydab chiqarish va xususiy mulkini musodara qilish, o‘quvchilar esa - shahodatnomalar berilmasligi bilan qo‘rqitilyapti, deyiladi hisobotda.
Mavzuga oid
11:21 / 27.12.2024
100 nafar falastinlik Rafahdan O‘zbekistonga evakuatsiya qilindi
12:51 / 12.11.2024
Xarkiv oblastida majburiy evakuatsiya e’lon qilindi
12:10 / 17.09.2024
Kursk yaqinida chegaraga yaqin ikki rayon aholisi evakuatsiya qilinmoqda
14:23 / 28.08.2024