Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda bankdagi otishmada 6 kishi halok bo‘ldi
Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, Luisvilldagi bankka hujum qilgan shaxs sobiq yoki amaldagi xodim bo‘lgan.
10 aprel, dushanba kuni AQShning Kentukki shtati Luisvill shahridagi bankka uyushtirilgan hujum natijasida besh kishi, jumladan, hujumchining o‘zi ham halok bo‘ldi. Yana sakkiz kishi, u bilan otishmada ishtirok etgan ikki politsiyachi yaralanib, kasalxonaga yotqizilgan, deya ma’lum qildi politsiya. Keyinroq yaradorlardan biri vafot etdi.
Politsiyachilardan biri og‘ir ahvolda ekani aytilmoqda. Luisvill politsiyasi boshlig‘i o‘rinbosari Pol Xamfrining so‘zlariga ko‘ra, hujumchi otishmada o‘ldirilganmi yoki o‘zini o‘zi otganmi, hozircha aniq emas. Tergovning dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, jinoyatda gumon qilinayotgan shaxs bankning sobiq yoki hozirgi kungacha ishlagan xodimi bo‘lgan.
Xamfrining so‘zlariga ko‘ra, politsiya qo‘ng‘iroqdan so‘ng bir necha daqiqada voqea joyiga yetib kelgan va shu bilan ko‘proq qurbonlar oldini olgan. Kentukki gubernatori Endi Beshir halok bo‘lganlardan ikki nafari uning do‘stlari ekanini aytdi va hodisani «dahshatli» voqea deb atadi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025