Jahon | 11:59 / 11.04.2023
3533
2 daqiqa o‘qiladi

FT: AQSh Adliya vazirligi maxfiy hujjatlar sizib chiqishini tekshirmoqda

Pentagon ortidan AQSh Adliya vazirligi harbiy sirlarning oshkor etilishi ehtimoli bo‘yicha tergovni boshladi. Manbalarning aytishicha, hujjatlar haqiqiydir.

Foto: Reuters

AQSh Adliya vazirligi Mudofaa vazirligining AQSh xavfsizlik va harbiy departamentlari faoliyati natijalarini aks ettiruvchi maxfiy hujjatlari oshkor etilishi yuzasidan jinoiy ish ochdi. Bu haqda 10 aprel, dushanba kuni Financial Times rasmiylarga tayanib yozmoqda. Shu bilan birga, shu manbalarning xabar berishicha, hujjatlar «asosan haqiqiydir».

Avvalroq AQSh Mudofaa vazirligi ma’lumotlar sizib chiqishini tekshirayotgani xabar qilingandi. Bundan tashqari, Pentagon AQShning internetda paydo bo‘lgan maxfiy hujjatlari, jumladan, Ukrainadagi urush bilan bog‘liq hujjatlar mamlakat milliy xavfsizligiga qanday ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini baholamoqda. Pentagon matbuot kotibi o‘rinbosari Sabrina Singx bu hujjatlarda maxfiy va o‘ta maxfiy ma’lumotlar bo‘lishi mumkinligini aytgan.

Maxfiy deb aytilgan hujjatlar mart oyi boshida internetdagi turli forumlarda paydo bo‘la boshladi va dastlab unchalik e’tiborni tortmadi. Biroq, keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, ulardan Rossiya va Ukraina armiyasining ahvoli va xususan, Ukrainaning bo‘lajak qarshi hujumiga qoniqarsiz tayyorgarlik haqida xulosa chiqarish mumkin bo‘lgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid