Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston fuqarolari Germaniyaga ikki soha bo‘yicha ishga jalb qilinadi
O‘zbekiston fuqarolari Germaniyaga hamshiralik va qariyalarni parvarishlash sohasida ishga olinadi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar berdi.
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligida Germaniya ish beruvchi vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda mehnat migratsiyasi sohasida ikki tomonlama hamkorlik va yurtdoshlarni O‘zbekistonda nemis tiliga o‘qitib, ishga jalb qilish masalalari muhokama qilindi.

O‘zbekiston fuqarolarini Germaniyaga hamshiralik va qariyalarni parvarishlash sohasida ishga jalb qilish yuzasidan shartnoma imzolashga kelishib olindi.
Mavzuga oid
10:18 / 23.05.2025
O‘zbekistonlik 1500 dan ortiq fuqaro Sloveniyada ish topishi mumkin
00:46 / 06.05.2025
Xitoyda muntazam ravishda ortiqcha ishlab kelgan repetitor o‘z ishxonasida vafot etdi
10:49 / 14.04.2025
O‘zbekistonliklar Turkiyadagi yolg‘on ish takliflari haqida ogohlantirildi
11:36 / 12.04.2025