Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston va Xitoy o‘zaro vizasiz rejim joriy qiladi
Qozog‘istonliklar uchun Xitoyga, xitoyliklar uchun esa Qozog‘istonga 30 kunlik vizasiz rejim joriy qilinishi kutilmoqda. Shu bilan birga tomonlarning fuqarolari 180 kun ichida 90 kundan ortiq bo‘lmagan muddatda vizasiz yurishi mumkin bo‘ladi.
Qozog‘iston va Xitoy o‘z fuqarolari uchun har ikki yo‘nalishda ham vizasiz rejim joriy etishni rejalashtirmoqda. Tegishli qaror loyihasi Qozog‘istonning ochiq normativ-huquqiy hujjatlar saytiga joylashtirilgan.
Qayd etilishicha, qozog‘istonliklar uchun Xitoyga, xitoyliklar uchun esa Qozog‘istonga 30 kunlik vizasiz rejim joriy qilinadi. Shu bilan birga tomonlarning fuqarolari 180 kun ichida 90 kundan ortiq bo‘lmagan muddatda vizasiz yurishi mumkin bo‘ladi.
Qaror loyihasida ko‘zda tutilgan kelishuv prezident Qosim-Jomart To‘qayevning 2023 yil 18-19 may kunlari Xitoyga davlat tashrifi doirasida Sian shahrida imzolanishi kutilmoqda.
Agar bir davlat fuqarolari boshqa tomon hududida belgilangan muddatdan ko‘proq vaqt qolish niyatida bo‘lsa, u holda ular mazkur davlat hududiga kirishdan oldin tegishli viza olish uchun ariza berishlari kerak bo‘ladi.
“Shartnomaning imzolanishi Qozog‘iston Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasi o‘rtasidagi yaqin hamkorlikni mustahkamlashga turtki bo‘ladi”, — deyiladi qaror loyihasida.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston fuqarolari Xitoyga borish uchun viza rasmiylashtirishlari kerak bo‘ladi. Xitoyliklar uchun esa O‘zbekistonda 10 kunlik vizasiz rejim amal qiladi.
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi
17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT
13:15 / 26.05.2025