Shavkat Mirziyoyev Xitoy tashqi ishlar vazirini qabul qildi
Tsin Gan bilan O‘zbekiston-Xitoy har tomonlama strategik sheriklik munosabatlari muhokama etildi.

12 aprel kuni prezident Shavkat Mirziyoyev Afg‘onistonga qo‘shni mamlakatlar tashqi siyosiy idoralari rahbarlarining navbatdagi uchrashuvida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi a’zosi, tashqi ishlar vaziri Tsin Ganni qabul qildi.
Uchrashuvda O‘zbekiston-Xitoy har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash va ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.
Suhbat davomida siyosiy iroda va birgalikdagi sa’y-harakatlar tufayli ikki tomonlama munosabatlar misli ko‘rilmagan yuksak darajaga ko‘tarilgani alohida mamnuniyat bilan qayd etildi.
So‘nggi yillarda tovar ayirboshlash ikki barobar, qo‘shma korxona va loyihalar soni uch barobar ko‘paygani, Xitoydan 11 milliard dollarlik investitsiyalar jalb qilingani, pandemiyadan so‘ng muntazam aviaqatnovlar tiklangach, hududlararo aloqalar, ta’lim va madaniy-gumanitar almashinuvlar faollashgani qayd etildi.
O‘zbekiston yetakchisi Xitoyga bo‘lajak davlat tashrifi va «Markaziy Osiyo - XXR» sammitiga puxta tayyorgarlik ko‘rish muhimligini ta’kidladi.
Texnik hujjatlari tayyorlanayotgan «O‘zbekiston – Qirg‘iziston - Xitoy» temiryo‘lini qurish loyihasini tez fursatda amalga oshirish ahamiyati qayd etildi.
Afg‘onistondagi vaziyatni tinch yo‘l bilan hal etish va ushbu mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy tiklanishiga amaliy ko‘maklashish borasidagi yaqindan muvofiqlashuvni davom ettirish zarurligiga alohida e’tibor qaratildi.
Mavzuga oid

21:05 / 18.04.2025
Xitoy josuslik va kiberhujumlar orqali Rossiyaning o‘nlab qurollaridan nusxa ko‘chirgan

22:36 / 17.04.2025
Zelenskiy Xitoyni Rossiyaga qurol yetkazib berishda aybladi

12:53 / 17.04.2025
Xitoy Rossiyaning yana bir loyihasini rad etdi

12:46 / 17.04.2025