Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent tibbiyot akademiyasida “Konstitutsiya o‘zimizniki, Konstitutsiya barchamizniki!” tadbiri o‘tkazildi
11 aprel kuni Toshkent tibbiyot akademiyasida kutilayotgan referendum muhokamasiga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda akademiyaning barcha professor o‘qituvchilari, talabalar va mehmonlar ishtirok etishdi.
Yig‘ilganlar uchun yangilanayotgan Konstitutsiyadagi o‘zgarishlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Jumladan, tibbiyot yo‘nalishidagi o‘zgartishlarning talabalar uchun ahamiyati ta’kidlandi.

“Inson hayotida muhim ahamiyat kasb etayotgan Konstitutsiya – nafaqat muhim hayotiy qo‘llanma, balki g‘urur-iftixor, kerak bo‘lsa, shu zaminda istiqomat qilayotgan, millati, tili, dinidan qat’i nazar, barcha insonlar uchun mustahkam bir himoya. Konstitutsiya - nafaqat bugungi kunning qomusi, balki u ertangi kunimiz, qurayotgan jamiyatimiz istiqbolini aniqlab beruvchi hujjat hisoblanadi”, - dedi TTA rektori Alisher Shodmonov.
Bayram-konsert formatida o‘tkazilgan tadbirda taniqli san’atkorlar, turli soha faollari ishtirok etdi. Unda so‘zga chiqqanlar tadbir ishtirokchilarini 30 apreldagi referendumda faol ishtirok etishga, jamoatchilikni konstitutsiya islohotlariga befarq bo‘lmaslikka chaqirdi.
TTA axborot xizmati
Mavzuga oid
16:18 / 05.10.2022
Toshkent tibbiyot akademiyasiga Germaniyaning tibbiyot sohasida yetakchi mutaxassislaridan iborat delegatsiyasi tashrif buyurdi
14:59 / 27.09.2022
Toshkent tibbiyot akademiyasida “Talabalikka bag‘ishlov - 2022” tadbiri o‘tkazildi
13:40 / 27.09.2022
Toshkent tibbiyot akademiyasi talabalari qasamyod qabul qilishdi
12:44 / 20.09.2022