Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Rossiya TIV rahbarlari strategik sheriklikni yanada mustahkamlash masalasini muhokama qildi
Bugun Samarqandda O‘zbekiston va Rossiya tashqi siyosat idoralari rahbarlari Baxtiyor Saidov va Sergey Lavrov o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
«Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Janobi Oliylari kabi tajribali diplomat bilan tanishganimdan g‘oyat mamnunman, - deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining Twitter’dagi sahifasida. – Biz samarali uchrashuv o‘tkazdik. Kun tartibimiz barcha sohalarni qamrab oldi. Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi savdo aloqalari tovar aylanmasining 64 foizini tashkil qilgan qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlar bilan eng yuqori sur’atlarni ko‘rsatmoqda. O‘zbekistondagi sarmoyadorlar ro‘yxatida Rossiya 28 milliard dollarlik loyihalar portfeli bilan yetakchilik qilmoqda».
Rossiya TIV rahbari Afg‘onistonga qo‘shni mamlakatlar tashqi siyosat idoralari rahbarlarining to‘rtinchi uchrashuvida, shuningdek, 14 aprel kuni Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Tashqi ishlar vazirlari kengashi majlisida hamda Markaziy Osiyo davlatlari va Rossiya tashqi ishlar vazirlarining oltinchi uchrashuvida ishtirok etish uchun O‘zbekistonga keldi.
Mavzuga oid
11:30 / 26.05.2025
Samarqand Islom dunyosining madaniyat poytaxtiga aylanadi
14:39 / 24.05.2025
Lavrov: Rossiya Vatikanda Ukraina bilan muzokara olib bormaydi
23:03 / 23.05.2025
Rossiya asirlar almashinuvi yakunlanishi bilan Ukrainaga o‘zining tinchlik shartlarini taqdim etadi - Lavrov
12:24 / 22.05.2025