Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Polsha Germaniyadan MiG-29’ni Ukrainaga topshirishga ruxsat berishni so‘radi
Polsha rasmiylari Germaniya hukumatidan Ukrainaga sovet ittifoqi davrida ishlab chiqilgan qiruvchi samolyotlarni topshirishga ruxsat berishni so‘radi, deb yozadi dpa agentligi hukumat doiralaridagi manbalarga tayanib.
Gap GDRning sobiq zaxiralaridan Germaniya Polshaga topshirgan MiG-29 samolyotlari haqida bormoqda. Germaniya Mudofaa vazirligi vakili Varshavadan so‘rov olinganini tasdiqladi.
Avvalroq Polsha prezidenti Anjyey Duda Varshava Kiyevga jami 14 ta MiG-29 qiruvchi samolyotini yetkazib berishini ma’lum qilgandi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, to‘rtta MiG-29 allaqachon Ukraina Qurolli kuchlariga topshirilgan, yana to‘rtta qiruvchi samolyotni yetkazib berish jarayoni davom etmoqda.
Keyinchalik Polsha Ukrainaga yana oltita jangovar samolyot yuborishga tayyorligi aytilgan. «Biz ularni yaqin kelajakda yetkazib berish mumkin deb o‘ylaymiz», - deya qo‘shimcha qilgandi Duda.
Mavzuga oid
11:44 / 19.05.2025
Polshada prezidentlik saylovlarining ikkinchi turi bo‘lib o‘tadi
21:54 / 15.05.2025
Polsha 10 mingta Warmate kamikadze dronlarini sotib oladi
11:04 / 10.05.2025
Fransiya va Polsha ikki davlat o‘rtasida do‘stlik shartnomasini imzoladi
20:44 / 02.05.2025