Jahon | 11:02 / 14.04.2023
6577
2 daqiqa o‘qiladi

Qozondagi gimnaziyada otishma uyushtirgan shaxs umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi

Tatariston Oliy sudi Ilnaz Galyaviyevni Rossiya Jinoyat kodeksining bir qancha moddalari, xususan, umumiy xavfli usulda sodir etilgan ikki yoki undan ortiq shaxsni, jumladan, voyaga yetmaganlarni o‘ldirish va o‘ldirishga urinishda aybdor deb topdi.

Foto: TASS

2021 yilda Qozondagi 175-sonli gimnaziyada otishma uyushtirgan Ilnaz Galyaviyev prokuratura talabini qanoatlantirgan Tatariston Oliy sudi tomonidan umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqda 13 aprel, payshanba kuni Rossiya Tergov qo‘mitasi matbuot xizmati ma’lumot berdi.

Galyaviyev Rossiya Jinoyat kodeksining umumiy xavfli usulda sodir etilgan ikki yoki undan ortiq shaxsni, shu jumladan voyaga etmaganlarni o‘ldirish va o‘ldirishga urinish, portlovchi moddalar va portlovchi qurilmalarni ishlab chiqarish va saqlash; birovning mulkini qasddan yo‘q qilish va shikastlash moddalari bo‘yicha aybdor deb topildi.

2021 yil 11 may kuni hujumchi ko‘p o‘qli ov miltig‘i, shuningdek qo‘lbola portlovchi moslama bilan qurollanib, avval o‘zi o‘qigan maktab o‘qituvchilari va o‘quvchilariga hujum qildi. Ushbu fojia natijasida 9 kishi, jumladan, 7 bola halok bo‘ldi. 600 kishi jabrlanuvchi deb tan olingan, ular orasida voyaga yetmaganlar ham bor.

RF Tergov qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, «fojiali voqealar sababi Galyaviyevning buzg‘unchi submadaniyatlardan birining norasmiy vakillari harakatlariga taqlid qilish istagi bo‘lgan, bu haqda u internetdan ma’lumot olgan, hujum paytida ularning xatti-harakatini o‘xshatmoqchi bo‘lgan».

Отабек Матназаров
Muallif Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid