Maskning kompaniyasi sayyoralararo kosmik kemani uchirishga ruxsat oldi
Starship kemasi Oy va Marsga uchish uchun mo‘ljallangan.
Ilon Maskning SpaceX kosmik kompaniyasi Starship sayyoralararo kosmik kemasini uchirishga ruxsat oldi. Bu hozirgacha qurilgan eng qudratli raketa bo‘lib, u yer orbitasidan tashqariga, Oy va Marsga uchish uchun mo‘ljallangan. Sinov parvozi doirasida Starship Yer atrofida bir marta aylanadi va Tinch okeaniga qo‘nadi.
SpaceX dastlabki parvoz 17 aprel kuni Texasning Boka-Chika shahridagi Starbase uchish maydonchasida amalga oshirilishini tasdiqladi.
SpaceX veb-saytiga ko‘ra, Starship hozirgacha qurilgan eng qudratli va eng baland kosmik kema bo‘lib, 150 tonnagacha yukni ko‘tarishga qodir. Raketa tizimi ikki qismdan iborat: 33 dvigatelli Super Heavy raketasi va Starship kemasi.
Sinov parvozi doirasida Starship 240 km dan ortiq masofaga ko‘tariladi va Yer atrofida to‘liq bo‘lmagan aylanishni amalga oshiradi. Shundan so‘ng u Havayi yaqinidagi Tinch okeaniga qo‘nadi. Super Heavy havoga ko‘tarilganidan sakkiz daqiqa o‘tgach, ajralib ketadi va Texas qirg‘oqlaridan 30 km uzoqlikda Meksika ko‘rfaziga qulab tushadi.
Starship Yer orbitasidan tashqariga, Oy va Marsga uchish uchun mo‘ljallangan. SpaceX sinov parvozini amalga oshirish uchun ruxsatnomani bir yildan ortiq kutdi.
2020 yilda Mask SpaceX 2026 yilgacha odamlarni Marsga yetkazishini va’da bergan edi.
Mavzuga oid
21:33 / 24.11.2024
Ilon Mask o‘z rekordini yangilab, yana tarixdagi eng badavlat insonga aylandi
17:20 / 20.11.2024
SpaceX oltinchi marta Starship raketasini sinovdan o‘tkazdi. Parvozni Donald Tramp ham kuzatib bordi
22:48 / 18.11.2024
Starlink uchun yana 20 ta sun’iy yo‘ldosh orbitaga uchirildi
16:59 / 18.11.2024