Yerevanda og‘ir atletika bo‘yicha Yevropa chempionati ochilishida Ozarboyjon bayrog‘i yoqib yuborildi
Og‘ir atletika bo‘yicha qit’a birinchiligining ochilish marosimida rasmiy shaxslardan biri tomoshabinlar olqishi ostida Ozarboyjon bayrog‘ini yoqdi.
Armaniston poytaxti Yerevan shahrida og‘ir atletika bo‘yicha Yevropa chempionatining ochilish marosimida rasmiy akkreditatsiyadan o‘tgan shaxslardan biri tomoshabinlar olqishi ostida Ozarboyjon bayrog‘ini yoqib yubordi. U darhol ushlanib, politsiya bo‘limiga olib ketilgan, ammo keyinchalik javobgarlikka tortilmasdan qo‘yib yuborilgan.
Shu sababli Ozarboyjon o‘z sportchilarini Yerevandan qaytarishga qaror qildi.
«Vahshiylik Armaniston bosh vaziri ishtirok etgan va arman jamoatchiligi vakillarining qarsaklari ostida o‘tkazilgan marosimda sodir etildi. Provokatsiyani sodir etgan shaxsni qahramon sifatida ko‘rsatish etnik adovat va ksenofobiya, Ozarboyjonofobiyaning yorqin namunasidir. Bunday xatti-harakatlar sportning xalqlar o‘rtasida tinchlik va hamjihatlikka xizmat qiluvchi maqsad va tamoyillariga mutlaqo ziddir. Sportni siyosiylashtirishga mutlaqo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi», deyiladi Ozarboyjon Yoshlar va sport vazirligi bilan Ozarboyjon Milliy olimpiya qo‘mitasining qo‘shma bayonotida.
Ozarboyjon Tashqi ishlar vazirligi ham ushbu hodisani qoralab, Armaniston rasmiylari tadbir tashkilotchisi sifatida voqealar rivojining o‘z vaqtida oldini olishi va tegishli xavfsizlik choralarini ko‘rishi kerakligini ta’kidladi.
«Ushbu harakatni sodir etgan shaxs dastlab hibsga olingan bo‘lsada, uning gulduros qarsaklar ostida qo‘yib yuborilishi katta tashvish uyg‘otadi. Armaniston tomoni etnik adovat asosida jinoyat sodir etgan shaxsni javobgarlikka tortishi kerak», deyiladi bayonotda.
Shuningdek, Ozarboyjon Yevropa og‘ir atletika federatsiyasini Armanistonga qarshi sanksiya qo‘llashga chaqirdi.
Mavzuga oid
00:59 / 21.11.2024
Ozarboyjon 2025 yilgi mudofaa xarajatlarini oshiradi
21:21 / 14.11.2024
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyasini eng katta muammo va fojia deb atadi
14:26 / 13.11.2024
BMT sudi: Armaniston va Ozarboyjonning da’volari bizning yurisdiksiyamizda
17:29 / 12.11.2024