Namangandagi korxona katta miqdordagi gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi
Davlatobod tumanida ohak ishlab chiqaruvchi korxona qiymati 4 mlrd so‘mdan ortiq hajmdagi gazdan noqonuniy foydalangan.
Namangan shahri Davlatobod tumanidagi korxona tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan. Bu haqda «Hududgazta’minot» kompaniyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Nam Smart Servis kompaniyasiga qarashli obekt ohak ishlab chiqarish uchun tarmoqqa yashirincha ulangan.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, umumiy qiymati 4 milliard so‘mdan ortiq gazdan noqonuniy foydalanilgan.
Bundan avvalroq Farg‘ona viloyatida 18 mlrd so‘mdan ortiq gazdan noqonuniy foydalanilgani aniqlangani ma’lum bo‘lgandi. Quvasoy tumanidagi ohak ishlab chiqaruvchi korxona to‘qqiz oy davomida 18 million kub metrdan ortiq gazni noqonuniy ravishda gaz ishlatgan.
Mavzuga oid
09:51 / 21.11.2024
Buxoroning ayrim hududlarida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi
08:59 / 21.11.2024
621 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan novvoyxona aniqlandi
07:30 / 20.11.2024
Qashqadaryo viloyati ayrim hududlarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi
10:39 / 18.11.2024