Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pragada «Chexiya qashshoqlikka qarshi» norozilik aksiyasi bo‘lib o‘tdi
«Chexiya qashshoqlikka qarshi» norozilik aksiyasi minglab ishtirokchilarni to‘pladi. Ular Ukrainani qo‘llab-quvvatlashga qarshi chiqishdi.
Minglab odamlar 16 aprel, yakshanba kuni Praga markaziga to‘planib, Chexiya Respublikasining o‘ng markazchi hukumatiga e’tiborni Ukrainaga qaratganlikda va mamlakatdagi iqtisodiy muammolarni e’tiborsiz qoldirganlikda aybladi.
«Iste’fo» va «Sharmanda» shiorlarini hayqirgan namoyishchilar Chexiyani NATOdan chiqishi va Ukrainada tinchlik muzokaralarini o‘tkazishga chaqiruvchi bannerlarni ko‘tarib oldi, deb yozadi AFP axborot agentligi. Namoyishchilar bosh vazir Petr Fiala boshchiligidagi hukumatni oziq-ovqat va energiya narxlarining keskin oshib ketgani, mart oyida Chexiyada inflatsiya 15 foizga yetgani uchun tanqid qildi.
Germaniyaning dpa nashri ma’lumotlariga ko‘ra, Ukraina bayroqlarini ko‘tarib olgan boshqa namoyishchilar bilan to‘qnashuvlarning oldini olish uchun voqea joyiga 200 ga yaqin politsiyachi safarbar etilgan.
«Chexiya qashshoqlikka qarshi» shiori ostidagi mitingni parlamentdan tashqari PRO partiyasi (Právo Respekt Odbornost) tashkil qildi. Xuddi shunday norozilik bir oy oldin ham bo‘lib o‘tgan edi.
Chexiya bir yildan beri rekord darajadagi inflatsiya bilan kurashmoqda, bunga asosan Ukrainadagi urush tufayli energiya narxining oshishi sabab bo‘lgan. 2022 yil fevralida Rossiya harbiy harakatlari boshlanganidan keyin Fiala hukumati Kiyevga katta miqdorda harbiy va humanitar yordam ko‘rsatdi.
Mavzuga oid
12:30 / 23.05.2025
Chexiya jurnalist Farida Qurbongaleyevani Rossiyaga topshirishdan bosh tortdi
23:16 / 21.05.2025
Chexiyada turistlar tog‘dan xazina topib oldi
15:26 / 21.05.2025
Chexiya O‘zbekiston transport infratuzilmasi modernizatsiyasida ishtirok etadi
13:50 / 05.05.2025