O‘zbekiston | 12:54 / 17.04.2023
9225
1 daqiqa o‘qiladi

Qahramonlar yodi, faxriylar e’zozi va xodimlar e’tirofi - Toshkent IIBBda targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

“Konstitutsiya – o‘zimizniki!” targ‘ibot tadbirida poytaxtda xizmat qilayotgan 1500 nafar xodim, ichki ishlar organlari faxriylari, xizmat burchini o‘tash chog‘ida qahramonlarcha halok bo‘lgan xodimlarning oila a’zolari ishtirok etdi.

Tadbirda iste’fodagi polkovniklar Bahrom O‘ljaboyev va Jamol Suliyev, tizimning xizmat burchini o‘tashda halok bo‘lgan xodimlari – marhum safdor Bahrom Ergashevning onasi Nasiba Ergasheva, marhum katta serjant Faxriddin Tirkashevning turmush o‘rtog‘i Rohiya Ibragimova, marhum serjant Omiljon Muhamedovning farzandi Oqiljon Muhamedov so‘zga chiqdi.

Faxriylar sohada yaratilayotgan imkoniyatlar haqida fikr bildirgan bo‘lsa, marhum xodimlarning yaqinlari ularning qahramonliklarini yod etdi. Shuningdek, boks bo‘yicha Osiyo chempionlari Shahobiddin Zoirov va Abdumalik Xalakov ham so‘z olib, barchani faollikka chaqirdi.

Xodimlarning ko‘rgazmali chiqishlari tadbir bezagiga aylandi. 

Tadbir ishtirokchilari konstitutsiyaviy islohotlarga befarq bo‘lmagan holda referendumda faol qatnashishlarini bildirishdi.

Руслан Сабуров
Tayyorlagan Руслан Сабуров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid