O‘zbekiston | 09:57 / 17.04.2023
88945
1 daqiqa o‘qiladi

Ramazon hayiti munosabati bilan o‘zbekistonliklar ketma-ket 3 kun dam olishi mumkin

Foto: Kun.uz

Ramazon hayiti munosabati bilan barcha xodimlar ketma-ket 3 kun dam olishi mumkin. Bu haqda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kunlari: 

22 aprel — shanba;
23 aprel — yakshanba;
24 aprel — dushanba (ko‘chirilgan dam olish). 

Ya’ni 5 kun ishlovchilar uchun dushanba kuni dam, 29 aprel — shanba esa ish kuni bo‘ladi. 

Agar 22 aprel — shanba O‘zbekiston Musulmonlari idorasi ulamolari xulosasi asosida O‘zbekistonda Ramazon hayitining 1-kuni sifatida belgilansa, 21 aprel — juma kuni kundalik ish (smena) muddati barcha xodimlar uchun kamida 1 soatga qisqartiriladi. 

Mavzuga oid