Moskvada armiyaga chaqirilganlarning yashash joyi videokuzatuv tizimi yordamida aniqlanyapti
Moskvada harbiy xizmatga chaqirilganlarning yashash joyi videokuzatuv tizimi yordamida aniqlanyapti. Bu haqda Rossiya OAV ma’lum qildi.

Foto: Forpost
Bundan tashqari, Rossiya Federatsiyasi poytaxti meri Sergey Sobyaninning ko‘rsatmasi bilan ish beruvchilar harbiy komissarliklarga chaqiriluvchilar haqida ma’lumot taqdim etishni boshladi, deb xabar berdi Moskva harbiy komissari Maksim Loktev TASS agentligiga bergan intervyusida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, fuqarolarning harbiy komissarlikka kelmasligining asosiy sababi ro‘yxatga olingan joydan tashqarida yashashidir.
Hozir bu masalaga Sergey Sobyanin va Rossiya Ichki ishlar vazirligining Moskva bo‘yicha bosh boshqarmasi ko‘magida katta e’tibor qaratilmoqda, deya qo‘shimcha qildi Loktev.
Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin harbiy xizmatga majbur bo‘lgan shaxslarning yagona reyestrini yaratish va elektron chaqiruv qog‘ozlarini joriy etish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi.
Reyestr davlat axborot resursi ma’lumotlari asosida harbiy komissarliklar tomonidan shakllantiriladi.
Harbiy xizmatni o‘tashga majbur bo‘lgan shaxslarga chaqiruv qog‘ozi olinganligi to‘g‘risida tilxat bilan yozma ravishda yoki buyurtma xati orqali yuborilishi mumkin. Elektron chaqiruv qog‘ozi davlat xizmatlari saytining shaxsiy kabinetiga joylashtirilgan paytdan boshlab topshirilgan hisoblanadi.
Agar chaqiruv qog‘ozi yozma yoki elektron shaklda topshirilmagan bo‘lsa, u reyestrga kiritilgan kundan boshlab yetti kun o‘tgach topshirilgan hisoblanadi.
Chaqiruv qog‘ozi olingan kundan boshlab 20 kun ichida harbiy komissarlikka kelmaganlarga cheklovlar qo‘yiladi. Shu tariqa, ularga yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tish, transport vositalari va ko‘chmas mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish, transport vositasini boshqarish huquqi rad etilishi, kredit berish esa taqiqlanishi mumkin.
Muddatli harbiy xizmatga chaqirilishi kerak bo‘lganlar chaqiruv qog‘ozini olgan kundan boshlab, harbiy komissarlikka kelguniga qadar Rossiyadan chiqib keta olmaydi.
Tavsiya etamiz
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kellog: Kiyev Rossiyaga to‘rtta hududini berishga rozi bo‘lmaydi
Jahon | 08:35
-
Toshkentda podstansiyada yong‘in sodir bo‘ldi
O‘zbekiston | 08:11
-
Ukraina 2024 yilda 9 mlrd dollarlik qurol-yarog‘ ishlab chiqardi
Jahon | 08:09
-
Yevropa Trampni Ukrainaga xavfsizlik kafolati berishga ko‘ndirish rejasini tayyorlamoqda - Bloomberg
Jahon | 08:03
Mavzuga oid

17:26 / 04.04.2025
Uzbekistan Airways Moskvadagi «Vnukovo» aeroportidan parvoz qiluvchi yo‘lovchilarni ogohlantirdi

09:41 / 04.04.2025
Moskva milliarderlar soni bo‘yicha dunyoning ikkinchi shahriga aylandi

11:42 / 31.03.2025
Ukraina «Moskva» kreyseri cho‘ktirilishida AQShning rolini rad etdi

21:08 / 24.03.2025