Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistondagi hokim yordamchilari Xitoyda amaliyot o‘taydi
O‘zbekiston Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda «Chongqing» xalqaro hamkorlik trening markazi o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Unga ko‘ra, O‘zbekiston mahallalaridagi 9 ming 400 nafar hokim yordamchilari «Xitoy tajribasi asosida kambag‘allikni qisqartirish» mavzusida ikki hafta mobaynida xitoylik mutaxassislardan onlayn ta’lim oladi.
Mazkur loyihaning 2-bosqichida 200 nafar hokim yordamchilari shu yilning kuz oylarida Xitoyda ikki haftalik amaliyot o‘taydi.
Mazkur amaliyotni o‘tash bilan bog‘liq xarajatlar «Chongqing» xalqaro hamkorlik trening markazi tomonidan qoplab berilishi ko‘zda tutilgan.
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi
17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT
13:15 / 26.05.2025