Daniya va Niderlandiya Ukrainaga 14 ta Leopard 2 tankini beradi

Foto: Reuters
Daniya va Niderlandiya Germaniyada ishlab chiqarilgan 14 ta Leopard 2A4 tanklarini birgalikda sotib olish, ta’mirlash va Ukrainaga berish niyatida, deyiladi ikki davlatning qo‘shma bayonotida.
«Bu allaqachon e’lon qilingan 100 tagacha Leopard 1A5 mashinalariga qo‘shimcha ravishda juda muhim hissa», deya ma’lum qildi Daniya tashqi ishlar vaziri Lars Lyokke Rasmussen.
Leopard 2A4 tanklari Ukrainaga 2024 yil boshida yetkazib berilishi kutilmoqda. Tanklarning 165 million yevrolik taxminiy qiymati Daniya va Niderlandiya o‘rtasida teng taqsimlanadi.
Bundan oldin AQSh prezidenti Jo Bayden ma’muriyati Ukrainaga yangi harbiy yordam ko‘rsatishini e’lon qilgandi.
19 aprel kuni Pentagon saytida xabar qilinganidek, 325 million dollarlik paketga HIMARS YaO‘RT o‘q-dorilari, 155 va 105 millimetrli artilleriya snaryadlari, TOW tankka qarshi boshqariladigan raketalar, AT-4 tankka qarshi tizimlari, tank minalari, to‘siqlarni yengib o‘tish uchun o‘q-dorilar, 9 milliondan ortiq o‘qotar qurol patronlari, aniq boshqariladigan aviatsiya o‘q-dorilari, port va bandargohlarni qo‘riqlash uskunalari hamda boshqa jihozlar kiradi.
Ushbu harbiy yordam paketi Rossiyaning Ukrainaga qarshi keng ko‘lamli tajovuzkorligi boshlanganidan beri ketma-ket 36-yordam bo‘ldi. Pentagon aniqlik kiritishicha, 2022 yil fevralidan beri AQShning Ukrainaga bergan harbiy yordami umumiy miqdori 35,4 milliard dollarga yetgan.
Mavzuga oid

18:44 / 02.04.2025
WP: Oq uy Grenlandiyaning AQShga qo‘shilishi xarajatlarini baholamoqda

09:30 / 29.03.2025
Vens Daniya hukumatini Grenlandiyani Rossiyadan «yetarli himoya qilmayotgani» uchun tanqid qildi

08:28 / 29.03.2025
Daniya AQSh vitse-prezidentining Grenlandiya bo‘yicha tanqidini rad etdi

18:26 / 26.03.2025