Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindiston aholisi soni bo‘yicha Xitoydan o‘zib ketishni boshladi
Yil o‘rtalarida Hindistonda aholi soni Xitoydan deyarli uch millionga ko‘p bo‘ladi, deya prognoz qilmoqda BMT. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, Hindiston aholisi Xitoyga qaraganda yoshroq, shuning uchun farq faqat oshadi.
Yerda yashovchi har uchinchi shaxs - Xitoy yoki Hindistondan. Bu mamlakatlarning har birida taxminan 1,4 milliard kishi istiqomat qiladi. Xitoy uzoq vaqtdan beri aholi soni bo‘yicha yetakchi bo‘lib kelgan, biroq hozir Hindiston uni ortda qoldirmoqda – yil o‘rtalariga borib Hindistonda Xitoyga qaraganda uch millionga yaqin odam ko‘proq bo‘ladi, deya prognoz qilmoqda BMT Aholishunoslik jamg‘armasi chorshanba, 19 aprel kuni e’lon qilgan hisobotida. Uchinchi o‘rinda, katta farq bilan - AQSh (340 million kishi).
Hindiston Xitoyni aniq qachon ortda qoldirishi noma’lum, chunki bunday prognoz uchun ma’lumotlar yo‘q. Masalan, Hindistonda oxirgi marta aholini ro‘yxatga olish 2011 yilda o‘tkazilgan. Ayrim ekspertlarga ko‘ra, aprel oyida Hindiston Xitoydan o‘zib ketadi.
BMT hisobotida qayd etilishicha, har ikki mamlakatda aholi o‘sish sur’atlari pasaymoqda, Xitoyda esa Hindistondagidan ancha ko‘p. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Hindiston aholisi 2011 yildan buyon o‘rtacha 1,2 foizga oshgan, bu ko‘rsatkich avvalgi o‘n yillikda 1,7 foizni tashkil etgan. Shu bilan birga, Xitoyda o‘tgan yil oxiriga kelib 1,411 milliard aholi bor edi, bu o‘tgan yildan 850 ming kishiga kam.
Mavzuga oid
20:40 / 27.05.2025
Hindiston xususiy firmalarga zamonaviy qiruvchi samolyotlarini yig‘ishga ruxsat berdi
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi
17:57 / 26.05.2025