Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ramazon hayiti namozi o‘qilishi munosabati bilan maxsus avtobus yo‘nalishlari tashkil etiladi
Toshkent shahrida Ramazon hayiti namozi o‘qilishi munosabati bilan maxsus avtobus yo‘nalishlari tashkil etiladi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, poytaxtda joylashgan masjidlarda Ramazon hayiti namozi o‘qilishi munosabati bilan, mazkur masjidlarga tashrif buyuruvchi fuqarolarga qulaylik yaratish, yo‘llarda paydo bo‘ladigan tirbandliklar oldini olish hamda Ramazon hayiti bayramida sifatli, xavfsiz jamoat transporti xizmatini ko‘rsatish maqsadida maxsus avtobus yo‘nalishlari tashkil etilmoqda.
Mazkur avtobus yo‘nalishlari soat 04:00 dan 07:00 ga qadar harakatlangan holda fuqarolarning masjidlarga kelib ketishlari uchun xizmat ko‘rsatadi.
Transport vazirligi Ramazon hayiti namoziga tashrif buyurishda ushbu avtobuslardan foydalanishni tavsiya qilgan.
Mavzuga oid
20:30 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
16:17 / 30.03.2025
Saida Mirziyoyeva Ramazon hayiti bilan barcha o‘zbekistonliklarni tabrikladi
07:01 / 30.03.2025
Kun.uz Ramazon hayiti bilan barchani muborakbod etadi!
21:15 / 29.03.2025