Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Rosenergoatom» ZAESda AQSh yadro yoqilg‘isini almashtiradi
«Rosenergoatom» bosib olingan Zaporijjya AESdagi Amerika yadro yoqilg‘isini rus yoqilg‘isi bilan almashtirmoqchi.
Amerikaning ZAESdagi Westinghouse yadro yoqilg‘isi zaxirasi to‘rt yilga yetadi, deya ma’lum qildi konsern rahbari maslahatchisi Renat Karchaa «Interfaks»ga bergan intervyusida. Uning so‘zlariga ko‘ra, stansiya ushbu sanadan ancha oldin AQShdan keladigan yoqilg‘idan foydalanishdan bosh tortadi.
Bir kun oldin CNN xabar berishicha, AQSh Energetika vazirligi 2023 yil 17 martdagi maktubida «Rosatom»ni ZAESda «AQSh hukumati eksport nazorati ostida bo‘lgan Amerika texnologiyalari» mavjudligi haqida ogohlantirgan.
Hujjatda aytilishicha, ruxsat etilmagan shaxslar tomonidan eksport nazorati ostida bo‘lgan Amerika texnologiyasidan foydalanish AQSh qonunchiligini buzadi.
Mavzuga oid
13:30 / 05.10.2024
ZAES xodimi avtomobilda bomba portlashi oqibatida halok bo‘ldi
22:33 / 20.09.2024
AEXA Rossiyani Zaporijjya AES hududini zudlik bilan tark etishga chaqirdi
11:38 / 09.04.2024
ZAES rahbariyati stansiya uzra yangi dron urib tushirilganini e’lon qildi
15:11 / 25.07.2023