O‘zbekiston | 13:28 / 20.04.2023
9177
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoy 6 yil ichida O‘zbekistonga qancha sarmoya kiritgani ma’lum qilindi

O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov boshchiligidagi mamlakat delegatsiyasining Xitoyga tashrifi davomida bir qator muhim uchrashuvlar o‘tkazildi, deb xabar bermoqda «Dunyo».

Foto: Dunyo

Xitoy Davlat kengashi bosh vaziri o‘rinbosari Lyu Gochjun bilan o‘tkazilgan uchrashuvda mamlakatlar o‘rtasida savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sohalarda manfaatlarga javob beradigan barqaror hamda mustahkam aloqalar o‘rnatilganligi ta’kidlandi.

2022 yil yakunlariga ko‘ra, Xitoy O‘zbekistonning ikkinchi yirik savdo sherigi bo‘lgani, Xitoy bilan savdo aylanmasi qariyb 9 milliard dollarga yetgani qayd etildi. O‘tgan yilda mamlakatda Xitoy kapitali ishtirokida 275 ta yangi korxona tashkil etilgan bo‘lsa, bugungi kunda respublikada Xitoy investitsiyalari ishtirokidagi 2100 dan ortiq korxona faoliyat ko‘rsatayotgani aytildi.

2016-2022 yillarda Xitoy kompaniyalari va hukumati tomonidan  neft va gaz izlash, to‘qimachilik va kimyo sanoati, infratuzilmani yaratish, transport, telekommunikatsiya va qurilish kabi sohalarda O‘zbekistonga 10 milliard dollardan ortiq sarmoya kiritgani qayd etildi.

Shu bilan birga, mamlakatlar o‘rtasida turli sohalarda hamkorlikni kengaytirish, qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, yerlardan unumli foydalanish xamda ijtimoiy sohalarda Xitoy tajribasini qo‘llash muhimligiga urg‘u berildi.

Mavzuga oid