Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryolik tadbirkor 40 ta ehtiyojmand oilaga uy hadya qildi
Xonadonlar to‘liq jihozlangan holda boquvchisini yo‘qotgan, uy-joysiz xotin-qizlarga topshirildi.
Surxondaryo viloyati, Sherobod tumani, «Taroqli» mahallasida Ramazon hayiti bayramiga tuhfa sifatida 2 ta ko‘p qavatli, 40 ta xonadonli turar-joy qurib bitkazildi hamda to‘liq jihozlangan holda boquvchisini yo‘qotgan, uy-joysiz xotin-qizlarga topshirildi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.

Qayd qilinishicha, uy-joylar sherobodlik tadbirkor tomonidan qurilgan va beg‘araz taqdim etilgan. Uning ismi-sharifi xabarda keltirilmagan. UzA xabariga ko‘ra, tadbirkor o‘z ismi-sharifini ochiqlamaslikni so‘ragan.

Ikkita ko‘p qavatli uydagi xonadonlar ikki va uch xonali bo‘lib, ularning har biri zamonaviy usulda jihozlangani, barcha sharoit yaratilgani aytilmoqda.


Uylarning kalitini tantanali topshirish tadbirida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etgan.

Xabarda ta’kidlanishicha, saxovatpesha tadbirkor o‘tgan yili ham tumandagi 27 ta kam ta’minlangan oilaga kottej uy qurib, hadya qilgan.
Mavzuga oid
11:58 / 24.05.2025
Surxondaryoda giyohvandlik vositasini 20 ming dollarga sotishga uringan shaxslar ushlandi
09:12 / 22.05.2025
Surxondaryoda qovun yegan fuqarolar zaharlangani rad etildi
16:37 / 20.05.2025
Surxondaryoda «Termiz muloqoti»ning birinchi yig‘ilishi boshlandi
08:56 / 19.05.2025