Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Washington Post: «GUR» Suriyadagi Rossiya askarlariga hujum qilishga tayyorlangan
Ukraina Bosh razvedka boshqarmasi («GUR») Rossiya qo‘shinlari va Suriyadagi «Vagner» XHKning yollanma askarlariga qarshi hujumga tayyorgarlik ko‘rayotgan edi, biroq dekabr oyida Volodimir Zelenskiy operatsiyani to‘xtatishni buyurgan, deb yozadi The Washington Post AQSh razvedkasining sizdirilgan maxfiy hujjatlari tayanib.
Rossiya va «Vagner» XHKning Suriyadagi insoniy yo‘qotishlari hamda qo‘shimcha xarajatlari Moskvani Ukrainadan resurslarning bir qismini u yerga o‘tkazishga majbur qiladi, deb taxmin qilingan, deya yozadi gazeta.
AQSh Mudofaa vazirligi va Ukraina «GUR» bu xabarlarga izoh berishdan bosh tortdi.
Bundan oldin «GUR» rahbari Kirill Budanov NV radiosiga bergan intervyusida Ukraina qo‘shinlari Qrimga bahorda kirishi haqida aytib o‘tgandi.
U qo‘shimcha ma’lumot bermadi, biroq Ukraina Qurolli kuchlarida «hamma narsa reja bo‘yicha» ketayotganini ta’kidladi.
Amerikaning Newsweek nashri Ukrainaning rejalashtirilgan hujumi 30 apreldan boshlanishini da’vo qilmoqda.
Nashr 17 aprel kuni ta’kidlaganidek, bu uch hafta oldin e’lon qilingan «Amerika razvedkasi hujjatlari»dan aytilgan. «Maxfiy» va «o‘ta maxfiy» deb belgilangan hujjatlar Ukrainadagi urushning borishi haqida muhim ma’lumot beradi.
Newsweek nashri e’lon qilgan 20 ta hujjatdan biriga ko‘ra, Ukraina hujumida to‘qqizta brigada ishtirok etishi rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
14:56 / 26.05.2025
Suriya rasmiylari: Asad davrida 8 mln kishi kuzatuv ostida bo‘lgan
16:19 / 24.05.2025
AQSh Moliya vazirligi Suriyaga qarshi sanksiyalar yumshatilganini e’lon qildi
15:40 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
23:00 / 20.05.2025