Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon banki chorvachilikni rivojlantirish uchun O‘zbekistonga 240 mln dollar ajratadi
Jahon banki O‘zbekistonda chorvachilikni rivojlantirish loyihasini amalga oshirish uchun texnik yordam, ilg‘or xalqaro bilim va tajriba hamda 240 million dollar mablag‘ ajratadi.
Moliyalashtirish Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasining 150 million dollarlik imtiyozli kreditini (5 yillik imtiyozli davrni hisobga olgan holda 30 yil muddatga) va Xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankining 90 million dollar miqdoridagi past foizli kreditini o‘z ichiga oladi (to‘lov muddati 24,5 yil, shu jumladan 4,5 yil imtiyozli davr bilan). Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi hamda Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki Jahon banki guruhining bir qismidir.
Chorvachilik xalq xo‘jaligining asosiy yo‘nalishlaridan biridir. U O‘zbekiston yalpi ichki mahsulotining 13 foizini, qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarilgan YaIM qariyb 50 foizini tashkil qiladi. Bu hudud qishloqlardagi uy xo‘jaliklari daromadining 45 foizdan 67 foizgacha bo‘lgan qismini va barcha qishloq xo‘jaligi ishchilarining qariyb 27 foizini ish bilan ta’minlaydi. Shu bilan birga, chorvachilik hissasiga mamlakatdagi barcha issiqxona gazlari tashlamalarining 13 foizdan ortig‘i va qishloq xo‘jaligidan chiqadigan chiqindilarning asosiy qismi to‘g‘ri keladi.
O‘tgan o‘ttiz yilda chorvachilik mahsulotlari ko‘paydi. Biroq, Rossiya, Turkiya, Qozog‘iston kabi davlatlar bilan solishtirganda sohada hosildorlik hali ham past.
Mavzuga oid
17:00 / 27.05.2025
Bozor – go‘sht narxi haqida: “Yem-xashak qimmat, mol boqish oson bo‘lmay qoldi”
17:24 / 21.05.2025
Jahon banki O‘zbekistonga 200 mln dollar miqdorida imtiyozli kredit ajratadi
09:55 / 21.05.2025
Jahon banki O‘zbekistonga 35 million dollar ajratdi
12:15 / 10.05.2025