Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Starship kemasi bir necha oy ichida yangi parvozga tayyor bo‘ladi – Mask
Avvalroq, kema ilk sinov parvozi paytida portlab ketgan edi.
Amerikaning SpaceX aerokosmik kompaniyasi bir necha oy ichida o‘zining o‘ta og‘ir Starship kosmik kemasini yangi parvozga tayyorlaydi. Bu haqda kompaniya rahbari Ilon Mask xabar berdi.
«Bir necha oydan keyin navbatdagi sinov parvozini amalga oshirish uchun ko‘p narsani o‘rgandik», deb yozdi Mask ijtimoiy tarmoqda.
SpaceX 20 aprel kuni Texas janubi-sharqidagi Boka Chika shahri kosmodromidan Starship kemasining sinov parvozini amalga oshirdi. U Yer atrofida bir marta aylanishi va Tinch okeanida, Havayi orollari yaqinida suvga qo‘nishi kerak edi. Biroq, raketa uchirilganidan 4 daqiqa o‘tgach, nazoratsiz aylana boshladi va portladi. Sinov parvozi uchuvchisiz rejimda amalga oshirildi.
SpaceX kompaniyasi parvoz paytida bir necha dvigatellar ishdan chiqqani tufayli, raketa xodimlar buyrug‘i asosida portlatib yuborilganini ma’lum qildi.
SpaceX veb-saytiga ko‘ra, Starship hozirgacha qurilgan eng qudratli va eng katta kosmik kema bo‘lib, balandligi 120 metr, yukni ko‘tarish qobiliyati 150 tonnaga teng. Raketa tizimi ikki qismdan iborat: 33 dvigatelli Super Heavy raketasi va Starship kemasi.
Starship Yer orbitasidan tashqariga, Oy va Marsga uchish uchun mo‘ljallangan.
Mavzuga oid
09:43 / 28.05.2025
SpaceX'ning Starship kemasi to‘qqizinchi sinov parvozi muvaffaqiyatsiz tugadi
22:45 / 27.05.2025
Yevropada Tesla elektromobillari savdosi quladi
22:35 / 25.05.2025
SpaceX kompaniyasi Starship kemasi portlashiga nima sabab bo‘lganini e’lon qildi
22:00 / 24.05.2025