Jahon | 13:52 / 24.04.2023
5594
2 daqiqa o‘qiladi

Kiyev dekabr oxirigacha 1991 yilgi chegaralarni qaytarish vazifasini «ehtimolga yaqin» deb atadi

Foto: Reuters

Kiyev Rossiya tomonidan bosib olingan barcha Ukraina hududlarini, jumladan Qrimni qaytarishni joriy yilning «ehtimolga yaqin bo‘lgan» vazifasi deb hisoblamoqda

«Bu urushni tugatishning bitta yo‘li bor - bu har qanday shaklda chegaralarni qaytarish, ammo bizning 91-yildagi chegaralarimizga. Hududiy muammolarni hal qilmasdan turib, bu urushni tugatish mumkin emas, bu real emas. Ukraina hech qachon hududlarning qaysidir qismini berishga rozi bo‘lmaydi», deya ma’lum qildi Ukraina Mudofaa vazirligi Razvedka boshqarmasi boshlig‘i Kirill Budanov «RBK - Ukraina»ga. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina «yaqin tarixdagi muhim jangga» yaqinlashmoqda va u bahor oxirigacha boshlanadi. 

«Bu haqiqat, buni hamma tushunadi. Qachon boshlanishi esa sir hisoblanadi. Lekin hamma tushunib turibdiki, biz bunga yaqinlashib bormoqdamiz», - deydi u.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid