Jahon | 19:51 / 24.04.2023
9427
3 daqiqa o‘qiladi

Saudiya Arabistoni harbiylari Sudandan 12 mamlakat fuqarolarini evakuatsiya qildi

Foto: Getty Images

Saudiya Arabistoni rahbariyati ko‘rsatmalariga binoan harbiy harakatlar maydoniga aylangan Sudan hududidan chet el mamlakatlari  fuqarolarini evakuatsiya qilish ishlari amalga oshirildi.

Saudiya Arabistonining O‘zbekistondagi elchisi Yusuf bin Solih al–Gahraning Kun.uz’ga ma’lumot berishicha, Saudiya Arabistonining Podshohlik harbiy–dengiz kuchlari qurolli kuchlarning boshqa bo‘linmalari bilan amalga oshirgan evakuatsiya ishlari Sudanda nizo boshlangandan beri dengiz orqali amalga oshirilgan birinchi evakuatsiya sanaladi. Evakuatsiya ishlari fuqarolarni Xartumdan Port Sudan bandargohiga olib kelishni qamrab olgan.  

«Qardosh va do‘st mamlakatlarning Sudan Respublikasidagi o‘z fuqarolarini evakuatsiya qilish borasidagi so‘rovlariga javoban Podshohlik amalga oshirgan ishlar uning xalqaro hamjamiyatning ishonchli sherigi sifatidagi o‘rni ta’kidlanishi ham bo‘ldi.     

Podshohlik evakuatsiya qilgan chet elliklar 12 mamlakat (Kuvayt, Qatar, BAA, Misr, Tunis, Pokiston, Hindiston, Bolgariya, Bangladesh, Filippin, Kanada va Burkina Faso) fuqarolari bo‘lib, ularning orasida diplomatlar va xalqaro tashkilotlar xizmatchilari ham bor, jami qardosh va do‘st mamlakatlar fuqarolaridan 66 kishi evakuatsiya qilindi (yaqin kunlarda mazkur raqamlar oshishi kutiladi).

Sudan Respublikasidagi birodarlarning u yerda qolib ketganlarni evakuatsiya qilish ishlarini amalga oshirish uchun yaratib bergan yengilliklarini Podshohlik qadrlaydi.

Podshohlik o‘z fuqarolariga yordam ko‘rsatishni so‘rab murojaat qilgan qardosh va do‘st mamlakatlarning fuqarolarini evakuatsiya qilish borasidagi ezgu ishlarni davom ettiradi», deyiladi xabarda.

Ayni paytda podshohlik qardosh va do‘st mamlakatlarning o‘z yurtlariga qaytish istagida bo‘lgan fuqarolarini evakuatsiya qilish maqsadida Sudandagi hamkorlari bilan xavfsiz yo‘laklarni ta’minlash xususida bevosita muloqotlar olib borayotgani ta’kidlangan. Kelish joylarida qardosh va do‘st mamlakatlar fuqarolariga kerakli kirish vizalari berilishi muvofiqlashtirilmoqda.

Mavzuga oid