Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyadagi zilziladan jabr ko‘rganlarga yangi uylarni topshirish boshlandi
Tabiiy ofat hududida jami 507 ming xonadon va 143 ming xususiy uy qurilishi rejalashtirilgan.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an G‘oziantep va Qahramonmarash viloyatlarida zilziladan jabr ko‘rganlarga yangi xonadonlarni topshirish marosimida ishtirok etdi. Bu haqda Anadolu xabar berdi.
Turkiya Prezidenti marosim ishtirokchilarini Ramazon oyi bilan tabriklab, yangi egalariga kalitlarni topshirdi.
Erdo‘g‘an zilzilalardan jabr ko‘rgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash davom etishini ta’kidlab, yangi uy egalariga kalitlarni topshirdi.

«6 fevraldagi dahshatli zilzilalardan 15 kun o‘tib, yangi xususiy uylarning poydevori qo‘yildi. Tabiiy ofat hududida jami 507 ming xonadon va 143 ming xususiy uy quriladi. Ularning 319 mingtasi bir yil ichida foydalanishga topshiriladi. 60 mingga yaqin xonadonning poydevori qo‘yildi. Bu ish uzluksiz davom etmoqda. Bizning vazifamiz – zilziladan jabr ko‘rgan fuqarolarni barcha qulayliklarga ega yangi, zamonaviy uylarga tezroq ko‘chirish», dedi prezident.
Erdo‘g‘anning aytishicha, G‘oziantepda rejalashtirilgan 50 ming xonadonga qo‘shimcha ravishda yana 50 ming xonadon quriladi. Shuningdek, tabiiy ofat hududidagi barcha shahar va qishloqlarning infratuzilmasi yangilanadi.
6 fevral kuni Qahramonmarashda 7 balldan yuqori bo‘lgan ikkita zilzila sodir bo‘lgan edi. Oqibatda, 5 mingdan ortiq binolar vayron bo‘ldi. Qurbonlar soni 50 mingdan oshdi.
Zilzilalarning moddiy zarari ikki trillion turk lirasini (105 milliard dollardan ortiq) tashkil etdi.
Mavzuga oid
16:21 / 22.05.2025
«Yaqin orada Shimoliy Kiprning Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo bo‘lgan kunlarni ham ko‘ramiz» – Erdo‘g‘an
20:30 / 17.05.2025
Erdo‘g‘an Qora dengizda 30 milliard dollarlik gaz koni topilganini e’lon qildi
10:26 / 16.05.2025
Turkiya Putin va Zelenskiy tayyor bo‘lsa, ularni qabul qilishga tayyor
20:52 / 15.05.2025