Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskva viloyatida qulab tushgan uchta dron topildi
Moskva viloyatida qulab tushgan uchta kvadrokopter kameralar va kelib chiqishini tasdiqlovchi belgilarsiz topildi, deya xabar bermoqda TASS huquq-tartibot idoralaridagi manbaga tayanib.
Barcha dronlar Moskva viloyatining turli hududlarida topilgan va «ulardan biri Bogorodsk okrugida portlovchi moddalar topilgan Ukraina samolyoti tipidagi dron halokatga uchragan joydan unchalik uzoq emas», deyiladi agentlik xabarida.
24 aprel kuni Moskva viloyatining Bogorodskiy shahar okrugida dron qulab tushgandi. Dron Noginsk yaqinida qulagan, UUA mahalliy aholi tomonidan o‘rmondan topilgan.
Telegram-kanallar ma’lumotlariga ko‘ra, UUA 17 kg portlovchi moddalar bilan to‘ldirilgan. Gap Ukrainada ishlab chiqarilgan UJ-22 Airborne droni haqida ketmoqda. Bunday dronning uchish masofasi 800 kilometrgacha.
Ilgari bunday dron Moskva viloyatining Kolomenskiy tumanida, Gubastovo qishlog‘i yaqinidagi «Gazprom» gaz kompressor stansiyasi hududiga qulagan edi, deb eslatib o‘tgan «Novaya gazeta Yevropa».
Mavzuga oid
08:25 / 28.05.2025
Sobyanin: Moskva yaqinida 30 dan ortiq dron yo‘q qilindi
10:30 / 15.05.2025
Rossiya aeroportlari 2025 yilda dronlar tufayli 217 marta yopildi
07:41 / 10.05.2025
Moskvada Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putinning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
19:49 / 08.05.2025