Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
May oyida Oyning noyob tutilishi yuz beradi
Joriy yilda birinchi marta Oy yarim soyali tutiladi.
2023 yilda Oyning yarim soyali tutilishi may oyida yuz beradi. U aprel oyi oxirida boshlangan 2023 yilgi «tutilishlar» yo‘lagini yopadi.
Oyning yarim soyali tutilishi - bu Yerning faqat tashqi soyasi Oy diskiga tushishini anglatadi. Ya’ni, bu tutilish to‘liq emas. To‘liq tutilish uchun Quyosh, Yer va Oy bir chiziqda bo‘lishi kerak.
2023 yil 5 maydan 6 mayga o‘tar kechasi Yevropa, Afrika, Osiyo va Avstraliyaning aksariyat aholisi Oyning yarim soyali tutilishini kuzatishi mumkin bo‘ladi.
Tutilish cho‘qqisida Oy chetining qorayganini, ya’ni diskining yarim soyada bo‘lgan qisminigina ko‘rish mumkin bo‘ladi.
5 may kuni Oyning katta qismi yarim soyada bo‘ladi, shuning uchun tutilish chuqur yarim soyali deb ataladi. Tutilishning o‘rtasida Oy yuzasi odatdagi oq o‘rniga qora va jigarrangga aylanishi mumkin.
Oy tutilishini yaxshiroq ko‘rish uchun ob-havo ochiq bo‘lishi kerak, shaharlarda esa osmono‘par binolardan uzoqda kuzatish kerak.
Keyingi shunday tutilish 2042 yil sentabr oyida sodir bo‘ladi.
Oy tutilishining odamlarga alohida ta’siri borligi haqida ilmiy dalillar yo‘q. Ammo sezgir va salomatligi ob-havoga bog‘liq odamlar bu hodisadan ta’sirlanishi, asab qo‘zg‘aluvchanligi kuchayishi, tashvish va bezovtalik hissi yoki aksincha, eyforiya kuzatilishi mumkin. Ruhiy nevrologik kasalliklarga chalingan odamlar o‘zini yaxshi his qilmasligi mumkin.
Mavzuga oid
21:37 / 14.05.2025
Quyoshda 2025 yildagi eng kuchli chaqnash yuz berdi
16:48 / 05.05.2025
1972 yili Veneraga uchirilgan zond yaqin kunlarda Yerga qulaydi
17:51 / 17.04.2025
Astronomlar Yerdan 120 yorug‘lik yili uzoqlikdagi sayyorada hayot belgisini topdi
17:01 / 28.03.2025