Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Italiya O‘zbekistonda aqlli dubulg‘a ishlab chiqarishga 1 mln yevrodan ortiq sarmoya kiritadi
Ushbu qurilma video va audio kontent oqimidan foydalangan holda operatorlarga masofaviy yordam ko‘rsatish imkonini beradi.
O‘zbekistonda bo‘lib o‘tayotgan INNOPROM-2023 doirasida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi ko‘magida «Illogic» (Italiya) va Mind as Engine (O‘zbekiston) o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi.
Mazkur hamkorlik bitimi sanoatning samaradorligi va xavfsizligini oshirishga qaratilgan.
Italiya kompaniyasining dasturiy-apparat majmuasi video va audio kontent oqimidan foydalangan holda operatorlarga masofaviy yordam ko‘rsatish imkonini beruvchi aqlli dubulg‘a hisoblanadi. Qurilma xodimlarni masofaviy malaka markaziga ulaydi hamda ularga real vaqt rejimida axborot almashish imkonini beradi.
Bundan tashqari, hamkorlikning asosiy maqsadlari texnologiyalar transferini amalga oshirish, sun’iy intellekt va raqamlashtirish sohasida qo‘shma tadqiqotlar o‘tkazish, dasturiy-apparat majmuasini joriy qilish va uni Markaziy Osiyo bozoriga tatbiq etishdan iborat.
Mind as Engine boshqaruvi raisining ma’lum qilishicha, O‘zbekiston hududida texnologiyalar transferini ishlab chiqish va amalga oshirishga 1 million yevrodan ortiq sarmoya kiritish rejalashtirilmoqda.
Mavzuga oid
14:59 / 27.05.2025
O‘zbekiston–Italiya: 33 yillik munosabatlarga nazar
10:02 / 26.05.2025
Jorja Meloni 28-29 may kunlari O‘zbekistonga keladi
15:50 / 19.05.2025
Italiya 400 ta foydalanishdan chiqarilgan zirhli transportyorini Ukrainaga beradi
19:56 / 13.05.2025