Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Katta miqdorda firibgarlik sodir etgani uchun qidiruvga berilgan shaxs O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi
Interpolning O‘zbekistondagi Milliy markaziy byurosi xodimlari tomonidan firibgarlik sodir etgani uchun xalqaro qidiruvda bo‘lgan shaxsni ekstraditsiya qilish bo‘yicha protsedura amalga oshirildi.
Interpolning Varshava va Toshkent Milliy markaziy byurolarining hamkorlikdagi faol sa’y-harakatlari natijasida 2022 yilning mart oyida Polshada Interpolning Qizil xabarnomasiga aloqador shaxs sifatida hibsga olingan, O‘zbekiston huquq-tartibot idoralari tomonidan firibgarlik uchun qidiruvga berilgan shaxs ekstraditsiya qilindi.
Qidiruvdagi shaxs jabrlanuvchi Janubiy Koreyaga ishlash uchun chet elga chiqish niyatida ekanini bila turib, hujjatlarni rasmiylashtirish va mamlakatga kirishga ruxsat olish bo‘yicha o‘z xizmatlarini taklif qilgan va bu ishlar sarf-xarajat talab qilishini bildirgan. Shu tarzda, qisqa vaqt ichida u bir necha kishilarni pulga tushirgan.
Ushbu shaxs pullarni o‘zlashtirgan hamda va’dalarini bajarmagan holda chet davlatga qochishga muvaffaq bo‘lgan, biroq O‘zbekiston va Polsha davlatlari MMB xodimlarining hamkorlikdagi harakatlari natijasida u aniqlandi va qo‘lga olindi.
O‘zbekiston Bosh prokuraturasining ekstraditsiya to‘g‘risidagi so‘rovi qanoatlantirilgandan so‘ng, Interpol xodimlari hamrohligida shu kunlarda u O‘zbekistonga olib kelindi.
Mavzuga oid
21:16 / 26.05.2025
Xalqaro qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik ikki ayol O‘mondan ekstraditsiya qilindi
14:57 / 08.05.2025
Toshkentda mingdan ortiq odamni chuv tushirgan shaxs ushlandi
20:15 / 05.05.2025
Kartadan pul o‘g‘rilash va internetdagi “piramida”larga qarshi kurash kuchaytiriladi
16:57 / 05.05.2025