Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev ikkinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etadi
Bugun, 27 aprel kuni prezident Shavkat Mirziyoyev ikkinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etadi.
Prezident matbuot xizmati xabariga ko‘ra, davlat rahbari forumning yalpi majlisida nutq so‘zlaydi.
Sessiyada Islom taraqqiyot banki prezidenti Muhammad bin Sulaymon al-Jassir, Qirg‘iziston vazirlar mahkamasi raisi - prezident administratsiyasi rahbari Aqilbek Japarov, BMT bosh kotibining o‘rinbosari Olga Algayerova, Birlashgan Arab Amirliklari energetika va infratuzilma vaziri Suxayl al-Mazruiy, Vengriya iqtisodiy rivojlanish vaziri Marton Nad, ACWA Power kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abdulla Abunayyan ham qatnashadi.
Sessiyaga Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining kommunikatsiya masalalari bo‘yicha direktori Jonatan Charlz moderatorlik qiladi.
Davlat rahbari forum doirasida qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazishi ham rejalashtirilgan.
Tadbirda 70 mamlakatdan kelgan 2,5 mingga yaqin ishbilarmon doiralar va bank-moliya sohasi vakillari ishtirok etadi.
Mavzuga oid
11:37 / 26.05.2025
Dehlida O‘zbekiston-Hindiston ta’lim forumi o‘tkazildi
13:10 / 05.05.2025
Samarqand BMTning Davlat xizmatlari forumini qabul qiladi
09:10 / 24.04.2025
Toshkentda Markaziy Osiyo va Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi birinchi forumi o‘tkaziladi
17:38 / 25.12.2024