Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sirdaryoda hojatxonadan uch kishi jasadi topildi
Ular ehtiyot choralarini ko‘rmasdan hojatxona o‘rasiga tushgan.
Sirdaryo viloyati, Sardoba tumanidagi xonadonlardan biri hojatxonasidan 3 kishi murdasi topildi. Ular baxtsiz hodisa tufayli vafot etgan. Bu haqda Sirdaryo viloyati prokuraturasi xabar berdi.
Qayd qilinishicha, 27 aprel kuni Sardoba tumani, Fayzliobod mahallasida yashovchi fuqarolar M.A., A.A. hamda A.K. yashash xonadonining hojatxona o‘rasiga ehtiyotkorlik choralarini ko‘rmasdan tushgan.
Sirdaryo viloyati prokuraturasi va tuman IIB tezkor xodimlari tomonidan voqea joyi ko‘zdan kechirilib, tegishli tartibda bayonnomalar rasmiylashtirilgan.
Holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
14:16 / 27.05.2025
Sirdaryoda muhandislik va agrotexnologiyalar instituti tashkil etiladi
22:52 / 20.05.2025
Sirdaryoda 14 yoshli o‘smir kanalga cho‘kib ketdi
18:02 / 20.05.2025
Toshkentda kanalga tushib ketgan qizni qutqargan erkak halok bo‘ldi
17:03 / 20.05.2025