Toshkentda 12 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Toshkent shahrining Yunusobod tumani KHAY - Sharof Rashidov ko‘chalari kesishgan chorrahada ommaviy yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Toshkent shahar IIBB YHXB holat bo‘yicha ma’lumot berdi.

Foto: IIBB YHXB
2023 yil 27 aprel kuni soat 13:40 larda “KamAZ”, Isuzi, Howo, “ZIL” rusumli yuk avtomashinalari hamda Lacetti, Tracker 2, Nexia 3, Epica, 2 ta Cobalt, 2 ta Spark avtomashinalari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, YTH sababi - “KamAZ” rusumli avtoulov haydovchisi chorrahaga yaqinlashayotgan vaqtda tormoz tizimida nosozlik yuzaga kelgan.
Yo‘l-transport hodisasi natijasida Cobalt rusumli avtomashina yo‘lovchisi tan jarohati olib, shifoxonaga olib borilgan va birinchi yordam ko‘rsatilgan.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.