2030 yilga borib O‘zbekistonga 7 milliard kub metr suv yetishmaydi - Suv xo‘jaligi vazirligi
O‘zbekistonda suvni tejash bo‘yicha barcha tashabbuslar uchun 19 milliard dollar sarmoya talab etiladi.
Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida «Suv resurslarini kompleks boshqarish: qishloq xo‘jaligini barqaror rivojlantirish, Markaziy Osiyoda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash» mavzusida munozara o‘tkazildi.
Ekspertlar Markaziy Osiyoda qishloq xo‘jaligining barqaror rivojlanishi va oziq-ovqat xavfsizligi uchun suv resurslarini kompleks boshqarishning ahamiyatini muhokama qildilar.
O‘zbekiston suv xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Azimjon Nazarov suv resurslarining 80 foizi boshqa mamlakatlardan oqib kelishi, atigi 20 foizi mamlakatimizda hosil bo‘lishini ta’kidladi. Bundan 30-40 yil avval yaratilgan infratuzilma esa jiddiy modernizatsiyani talab qiladi.
«Suv resurslari bilan ta’minlanishning kamayishi, yangi obektlar sonining ko‘payishi natijasida aholi soni o‘sib bormoqda, bu esa suv resurslarining yangi miqdori va sifatini talab qiladi. Bizning hisob-kitoblarga ko‘ra, 2030 yilga borib bizga 7 milliard kub metr suv yetishmaydi. Suvdan oqilona foydalanish zarur», dedi u.
Boston Consulting Group boshqaruvchi direktori va hamkori Igor Alekseyev so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonda suvni tejash bo‘yicha barcha tashabbuslar uchun 19 milliard dollar sarmoya talab etiladi.
«Agar O‘zbekistonda suvni tejash bo‘yicha barcha tashabbuslarni to‘plasak, taxminan 19 milliard dollar sarmoya talab etiladi. Shundan 4 milliardi nasos stansiyalari va 6 milliardi xo‘jalik sub’yektlariga suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish uchun subsidiyalarga ketadi. Moliya vazirligi va Suv xo‘jaligi vazirliklari bilan birgalikda ushbu kanallar funksiyasini baholagan holda kanallar tizimining modelini ishlab chiqdik. Eng muhimi esa - ma’lum bir hududda suvni iqtisodiy ta’minlash tizimini ishlab chiqish», dedi u.
Mavzuga oid
14:59 / 23.11.2024
O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi ta’limi sohasiga Belgiya tajribasi joriy etiladi
12:32 / 23.11.2024
Ummon O‘zbekistondan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini import qilmoqchi
15:45 / 21.11.2024
Ummon O‘zbekistondan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini import qilmoqchi
12:10 / 20.11.2024