O‘zbekiston | 16:57 / 30.04.2023
8355
1 daqiqa o‘qiladi

Foto: Bekobod tuman aholisi ham siyosiy jarayonda faol ishtirok etmoqda

Toshkent viloyatining Bekobod tumanida 46 ta referendum uchastkasi tashkil etilgan. Tumanda qariyb 97 ming nafar fuqaro konstitutsiyaviy huquqidan foydalangan holda mazkur jarayonda ovoz berishi kutilmoqda.

Bekobodliklar ham bugungi siyosiy tadbirda faol ishtirok etishmoqda. Referendum uchastkalari ertalabdan ovoz beruvchilar bilan gavjum bo‘ldi. Konstitutsiyaviy islohotlarga befarq bo‘lmagan fuqarolar oila a’zolari bilan kelib, ovoz berishdi. Tumanda 1 870 nafar yosh birinchi bor ovoz bermoqda.

Bugungi referendumda fuqarolarda o‘zgacha faollik kuzatilyapti: ovoz berish huquqiga ega bo‘lgan fuqaro borki, referendum uchastkasiga o‘zi kelmoqda. Bu jamiyatimizda huquqiy savodxonlik va yurt ertasiga bo‘lgan daxldorlik hissi ortib borayotganidan darak. Bekobodliklar ham referendumda ana shunday faollik bilan qatnashmoqda.  

Tumanda ovoz beruvchilar uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Fuqarolarga qulay bo‘lishi uchun referendum uchastkalariga maxsus texnikalar qatnovi yo‘lga qo‘yilgan.

Tumandagi referendum uchastkalarida ovoz berish jarayoni davom etmoqda.

Mavzuga oid