O‘zbekiston | 12:28 / 30.04.2023
8966
2 daqiqa o‘qiladi

Referendumda davomat 35 foizdan oshdi

Soat 11:00 holatiga ko‘ra, referendumda saylovchilarning 35,13 foizi, ya’ni 6,2 milliondan ortiq kishi ishtirok etgan.

O‘zbekiston va xorijdagi referendum uchastkalarida soat 11:00 holatiga ko‘ra 6 million 820 ming 838 nafar fuqaro ovoz bergan. Bu jami ovoz beruvchilarning 35,13 foizini tashkil etadi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi matbuot markazida o‘tkazilgan brifingda ma’lum qilindi.

Markaziy saylov komissiyasi raisi o‘rinbosari Bahrom Qo‘chqorov saylovchilarning yuqori faolligini ta’kidlab, shu paytgacha jiddiy qonunbuzarliklar qayd etilmaganini ta’kidladi.

Hududlar kesimida ovoz beruvchilarning ishtiroki bo‘yicha foiz hisobida Andijon viloyati (40,24 foiz), Sirdaryo viloyati (39,62 foiz) va Jizzax viloyati (39,33 foiz) yetakchi.

Ovoz beruvchilar soni bo‘yicha esa Farg‘ona (847 132 nafar), Samarqand (776 949 nafar) va Andijon (685 231 nafar) viloyatlarida eng yuqori ko‘rsatkichlar kuzatilgan.

Mamlakat bo‘ylab 10758 uchastka faoliyat ko‘rsatmoqda. Bundan tashqari, ayni vaqtga kelib chet eldagi diplomatik vakolatxonalarda tashkil etilgan uchastkalarning 55 tasi ochilgan.

611 ming 320 nafar saylovchi muddatidan avval ovoz bergan

Markaziy saylov komissiyasi ma’lumotiga ko‘ra, referendum kuni o‘z yashash joyida bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lmagan fuqarolar uchun 2023 yil 19-26 aprel kunlari muddatidan oldin ovoz berish tashkil etilgan va unda 611 ming 320 nafar fuqaro muddatidan oldin ovoz bergan.

Mavzuga oid