Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Davlat departamenti Lochin yo‘lagini transport uchun ochishga chaqirdi
Lochin yo‘lagida Boku nazorat-o‘tkazish punktining tashkil etilishi tinchlik jarayoniga ishonchni o‘rnatishga qaratilgan sa’y-harakatlarga putur yetkazadi, dedi AQSh Davlat kotibi Blinken Ozarboyjon prezidenti Aliyev bilan suhbatda.
AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan telefon orqali muloqot qildi, u Boku va Yerevan o‘rtasidagi mojaroni tinch yo‘l bilan hal qilish mumkinligiga ishonch bildirdi, deya xabar bermoqda AQSh Davlat departamenti matbuot xizmati 30 aprel, yakshanba kuni.
Shu bilan birga, Blinken “Ozarboyjon tomonidan Lochin koridorida nazorat-o‘tkazish punkti tashkil etilishi tinchlik jarayoniga ishonchni o‘rnatishga qaratilgan sa’y-harakatlarga putur yetkazadi” deb ta’kidlab, bu yo‘lni tijorat va xususiy transport vositalari uchun imkon qadar tezroq ochishga chaqirdi, deyiladi hujjatda.
29 aprel kuni AQSh Davlat kotibi Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyanga telefon qildi. Suhbat chog‘ida Blinken Vashington Boku va Yerevan o‘rtasidagi to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotni Janubiy Kavkazda doimiy sulh o‘rnatishning yagona yo‘li deb bilishini ta’kidladi, deb xabar qildi AQSh Davlat departamenti matbuot xizmati.
Lochin yo‘lagi Armanistonni Tog‘li Qorabog‘ bilan bog‘laydigan yagona yo‘ldir. 23 aprel kuni Boku Xakari ko‘prigida nazorat-o‘tkazish punkti o‘rnatdi va buni “inson kuchi, qurol-yarog‘ va minalarni noqonuniy tashishning oldini olish” zarurati bilan asosladi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
15:12 / 26.05.2026
Narkojinoyatda ayblanib, qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik AQShdan deportatsiya qilindi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025