Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda havo harorati biroz pasayadi
Bugun O‘zbekiston bo‘yicha quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat kun davomida Farg‘ona vodiysining ayrim tumanlarida yomg‘ir yog‘ishi momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shimol va cho‘l hududlarining ayrim joylarida shamol tezligi 15-18 m/s gacha kuchayadi. Kunduzi havo harorati +28...+33 darajani tashkil etadi.
"O‘zgidromet" xabariga ko‘ra, ish haftasi davomida Qozog‘iston hududlaridan O‘zbekistonga nisbatan kuchsiz salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda, buning hisobiga harorat biroz pasayadi. Respublika bo‘yicha yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi, faqat 4 may kuni respublikaning shimoliy hududlari bo‘yicha biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Seshanba va chorshanba kunlari shimolda va cho‘l hududlarda, payshanba va juma kunlari esa respublika bo‘yicha shamol tezligi 15-18 m/s gacha kuchayadi, shimolda va cho‘l hududlarda 4 va 5 may kunlari 20-23 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Hafta davomida harorat barqaror bo‘lishi kutilmoqda. Kunduzi harorat +25...+30 daraja atrofida bo‘ladi.
Mavzuga oid
12:21 / 28.05.2025
O‘zbekistonning 9 viloyatida sel-suv toshqini xavfi e’lon qilindi
11:24 / 26.05.2025
Hafta davomida harorat pasayib, joylarda yomg‘ir yog‘adi
22:27 / 22.05.2025
8 ta viloyatda sel-suv toshqini xavfi bo‘lishi e’lon qilindi
13:12 / 21.05.2025