Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident davlat qarzi to‘g‘risidagi qonunni imzoladi
“Davlat qarzi to‘g‘risida”gi qonun prezident tomonidan imzolandi.
Qonun bilan davlat organlarining davlat qarzini boshqarish sohasidagi vakolatlari belgilandi. Iqtisodiyot va moliya vazirligi davlat qarzini boshqarish sohasidagi vakolatli organ hisoblanadi.
Qonunga ko‘ra, davlat qarzini boshqarish quyidagilardan iborat: davlat qarzini boshqarish strategiyasini ishlab chiqish; davlat tomonidan mablag‘ jalb etish; davlat tomonidan jalb qilingan mablag‘larni boshqarish; davlat qarzi bilan bog‘liq xatarlarni boshqarish; davlat qarzini restrukturizatsiya qilish; davlat tomonidan jalb qilingan mablag‘larni qaytadan kreditlash; davlat kafolatini rasmiylashtirish va taqdim etish; davlat qarziga oid shartnomalarni va davlat kafolatlarining ro‘yxatini yuritish; davlat qarzining hisobi va hisobotini yuritish; davlat qarzi bo‘yicha xizmat ko‘rsatilishini ta’minlash va davlat kafolatlarini bajarish.
Shunga ko‘ra, davlat qarzini boshqarish strategiyasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan fiskal strategiya bilan birgalikda 3 yil muddatga tasdiqlanadi.
Davlat qarzi ichki va tashqi qarzni o‘z ichiga oladi hamda qisqa (1 yilgacha), o‘rta (1 yildan 5 yilgacha), uzoq muddatli (5 yil va undan ortiq muddatga) bo‘lishi mumkin.
Davlat qarzining eng yuqori miqdori yalpi ichki mahsulotning yillik prognoz ko‘rsatkichiga nisbatan 60 foizdan oshmasligi kerak.
Qonun 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.
Mavzuga oid
13:53 / 07.05.2025
BAA dunyoda birinchi bo‘lib qonunlarni yozishda sun’iy intellektdan foydalanmoqchi
15:07 / 05.05.2025
Yirik qarz oluvchilar uchun alohida qoidalar ishlab chiqiladi
12:01 / 30.04.2025
Rossiyada mikromoliya tashkilotlaridan qarz olgan fuqarolar soni 10 mlnga yetdi
17:14 / 19.04.2025