Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya, Belarus va Eron rahbarlari Charlz III ga toj kiydirish marosimiga taklif etilmadi
Shuningdek, taklifnoma olmaganlar safida Myanma, Suriya, Afg‘oniston va Venesuela ham bor.
Britaniya qiroli Charlz Uchinchining toj kiyish marosimiga bir qator davlatlar, jumladan, Rossiya, Belarus va Eron rahbarlariga taklifnoma yuborilmagan. Bu haqda Reuters xabar berdi.
Shuningdek, taklifnoma olmagan davlatlar qatorida Myanma, Suriya, Afg‘oniston va Venesuela ham bor.
Taklifnomalarni Buyuk Britaniya bilan do‘stona diplomatik aloqalar o‘rnatgan davlat rahbarlari, shuningdek, mamlakatning xorijdagi hududlari ma’muriyatlari rahbarlari olgan. Taklifnomalar Shimoliy Koreya va Nikaragua kabi mamlakatlardagi diplomatik idoralar rahbarlariga yuborilgan.
Vestminster abbatligidagi toj kiydirish marosimiga jami 2200 nafar mehmon taklif qilingan, ular orasida davlat rahbarlari va qirollik oilalari vakillari ham bor. Toj kiydirish marosimida AQSh nomidan birinchi xonim Jill Bayden, Xitoy nomidan rais o‘rinbosari Xan Chjen ishtirok etadi.
Tantanali tadbir 6 may kuni o‘tkaziladi.
Mavzuga oid
23:08 / 27.05.2025
Okeandagi oldi-berdi: Britaniya Chagos orolini nega topshirdi?
11:50 / 26.05.2025
Britaniya bozorlariga O‘zbekistonda yetishtirilgan gilos yetkazib berildi
18:08 / 22.05.2025
Britaniya Rossiya maxsus xizmatlarini 10 mingga yaqin kamerani buzib kirganlikda aybladi
09:04 / 21.05.2025