O‘zbekiston | 09:02 / 02.05.2023
2215
2 daqiqa o‘qiladi

Senatning 40-yalpi majlisi 3 may kuni chaqiriladi

1 may kuni bo‘lib o‘tgan kengash yig‘ilishida Oliy Majlis Senatining 40-yalpi majlisini 3 may kuni chaqirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Foto: Senat.uz

Video-konferens-aloqa tizimidan foydalangan holda o‘tkaziladigan mazkur yalpi majlisda qator qonunlarni muhokama qilish rejalashtirilgan.

«O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritish haqida»gi, «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga tadbirkorlarning bank hisobvaraqlaridagi pul mablag‘lari daxlsizligini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida»gi hamda «O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartishlar kiritish haqida»gi qonunlar shular jumlasidandir.

Yalpi majlisda «Xalqaro mehnat tashkilotining xodimlarni ish joyidagi havoning ifloslanishi, shovqin va tebranishlar tufayli yuzaga keladigan kasbiy xavf-xatardan himoya qilish to‘g‘risidagi 148-sonli Konvensiyasini (Jyeneva, 1977 yil 20 iyun) ratifikatsiya qilish haqida»gi va «O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Tojikiston Respublikasi Hukumati o‘rtasida fors-major holatlarda davlat aviatsiyasi havo kemalari tomonidan havo hududi va aerodromlardan foydalanish sohasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi Bitimni (Dushanbe, 2021 yil 10 iyun) ratifikatsiya qilish haqida»gi qonunlar ham muhokama qilinadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid